1Password korporativ GitHub hisobi orqali buzildi

1Password xodimining korporativ GitHub hisobiga kirgan hujumchi ayrim mijoz ma’lumotlari va ichki hisob metama’lumotlarini yuklab oldi. Kompaniya mijozlar seyflari mazmuniga kira olmaganini bildirdi.

1Password korporativ GitHub hisobi orqali sodir bo‘lgan ruxsatsiz kirish
Matn

1Password xaker kompaniya xodimining korporativ GitHub hisobi orqali tizimlarga ruxsatsiz kirganini ma’lum qildi. Hujumchi server xizmatlariga zararli kod joylashtirgani, buning oqibatida mijozlarga oid ma’lumotlarning bir qismi sizib chiqqani aytildi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, hujumchi ushbu hisob orqali manba kodiga kirish imkonini olgan va boshqaruv ma’lumotlarini yuklab olgan. Ular orasida mijozlarning ismlari, elektron pochta manzillari hamda hisoblarga oid ichki metama’lumotlar bor.

Hujumchi ayrim foydalanuvchilarning ismlari, elektron pochta manzillari, hisob va foydalanuvchi identifikatorlari, hisob yaratilgan vaqt va oxirgi kirish vaqti haqidagi yozuvlarni ham yuklab olgan. Shuningdek, ochiq kodlar, Secure Remote Password parol orqali autentifikatsiya protokoli parametrlari va token olingan; kompaniya bu ma’lumotlardan hisobga kirish uchun foydalanib bo‘lmasligini bildirdi.

Yopiq repozitoriylardagi manba kodi nusxalangani va CI/CD tizimiga kirish amalga oshirilgani ham qayd etildi. Biroq kodda foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlari yo‘q. 1Password buzilgan GitHub hisobini blokladi, o‘g‘irlangan tokenni bekor qildi hamda taklif va kirishni tiklash xatlaridagi kodlar uzunligini olti belgidan o‘n belgiga oshirdi.

Bundan avval ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning 27 million fuqarosiga oid shaxsiy ma’lumotlar darknetga sizib chiqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bazada ism-familiyalar, telefon raqamlari, JShShIR, yashash manzillari, pasport ma’lumotlari va fuqarolarning biometrik suratlari bo‘lishi mumkinligi, hujumchilar esa misol sifatida raqamli texnologiyalar vazirining shaxsiy ma’lumotlarini keltirgani aytilgan.

LIVEKunning xabarlari