Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Antaliyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga ko‘ra Antaliyaga keldi. U 11 noyabr kuni BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining yalpi sessiyasida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyevning Antaliyaga amaliy tashrifi
Matn

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Antaliya shahriga bordi.

Davlat rahbarini xalqaro aeroportda Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim hamda Turkiyaning boshqa rasmiy shaxslari kutib oldi.

Tashrif Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga ko‘ra amalga oshirilmoqda. Manbada Shavkat Mirziyoyevning Antaliyaga rafiqasi bilan kelgani qayd etildi.

11 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining yalpi sessiyasida ishtirok etadi. Tashrif dasturining boshqa bandlari haqida manbada ma’lumot berilmagan.

LIVEKunning xabarlari