Lyuksemburgning Cargolux Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam yuk reyslarini amalga oshirish uchun ruxsat oldi. O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi agentligi ma’lumotiga ko‘ra, parvozlar Navoiy xalqaro aeroportiga amalga oshiriladi.
Ruxsat O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan berildi. U Lyuksemburg va O‘zbekiston o‘rtasidagi muntazam havo yuk tashuvlarini qamrab oladi.
Cargolux Airlines International S.A. havo orqali yuk tashishga ixtisoslashgan Lyuksemburg aviakompaniyasidir. Kompaniyaning bosh qarorgohi va bazaviy aeroporti Lyuksemburgda joylashgan.
Kompaniya O‘zbekistonga reyslarni B747F turidagi havo kemalarida bajaradi. Ushbu samolyotlar Boeing 747 samolyotining yuk tashishga mo‘ljallangan versiyasidir.





