Oʻzbekiston Statistika qoʻmitasi va GIZ geomaʼlumotlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Oʻzbekiston Milliy statistika qoʻmitasi hamda GIZ rasmiy statistika va geofazoviy maʼlumotlardan foydalanish bo‘yicha memorandum imzoladi. Hamkorlik hududiy rejalashtirish va boshqaruv qarorlarida maʼlumotlardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Oʻzbekiston Milliy statistika qoʻmitasi va GIZ hamkorligi
Matn

Oʻzbekiston Milliy statistika qoʻmitasi va GIZ rasmiy statistika hamda geofazoviy maʼlumotlardan foydalanish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida memorandum imzoladi. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotiga ko‘ra, hujjat ushbu yo‘nalishlardagi qo‘shma hamkorlik uchun asos yaratadi.

Tomonlar mazkur maʼlumotlardan hududiy rejalashtirishda va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalanishni qoʻllab-quvvatlash niyatida. Memorandum maʼlumotlarga asoslangan rejalashtirish amaliyotini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikni nazarda tutadi.

Hamkorlik geografik axborot tizimlari (GIS), Yerning sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatuvi, sunʼiy intellekt va GeoAI texnologiyalaridan foydalangan holda axborotni yigʻish, qayta ishlash, integratsiya qilish va tahlil etish salohiyatini mustahkamlashni o‘z ichiga oladi.

Hujjatda mutaxassislar malakasini oshirish, bilim va tajriba almashish, shuningdek, amaliy tahlilning zamonaviy usullarini ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratilishi ham belgilangan.

LIVEKunning xabarlari