Uzsuvta’minot delegatsiyasi Xitoyda aqlli suv hisoblagichlari ishlab chiqarilishini o‘rgandi

Ahmad Suvankulov boshchiligidagi Uzsuvta’minot delegatsiyasi Xitoyda aqlli suv hisoblagichlari ishlab chiqarish jarayonlari va suv resurslarini boshqarish amaliyotlari bilan tanishdi. Tashrif doirasida Sanchuan Smart Technologiesning markaziy zavodi hamda suv ta’minoti korxonasi ko‘zdan kechirildi.

Uzsuvta’minot delegatsiyasining Xitoydagi aqlli suv hisoblagichlari zavodiga tashrifi
Matn

Uzsuvta’minot boshqaruvi raisi Ahmad Suvankulov boshchiligidagi delegatsiya aqlli suv hisoblagichlarini ishlab chiqarish tajribasi va suv resurslarini boshqarish texnologiyalarini o‘rganish uchun Xitoyga tashrif buyurdi. Tashrif aqlli hisoblagichlar ishlab chiqarish, hisob yuritish hamda suv resurslarini boshqarishdagi amaliy yondashuvlarni o‘rganishga qaratildi.

Delegatsiya Xitoydagi Sanchuan Smart Technologies kompaniyasining markaziy zavodida bo‘ldi. Ushbu kompaniya ishtirokida avvalroq O‘zbekistonning Andijon viloyatida zamonaviy suv hisoblagichlarini ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etilgan edi.

Zavodda delegatsiya aqlli hisoblash qurilmalarini ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari, qo‘llanilayotgan uskunalar va tayyor mahsulotlar bilan tanishdi. Ishtirokchilarga mahsulotlarning texnik xususiyatlari va sifatini tekshiradigan laboratoriyalar ham ko‘rsatildi.

Uzsuvta’minot vakillari, shuningdek, Xitoy kompaniyasiga tegishli suv ta’minoti korxonasiga borib, uning ishini tashkil etish tartibini o‘rgandi. Tomonlar aqlli suv hisoblagichlari ishlab chiqarish, suvni hisobga olish va suv resurslarini boshqarishda ilg‘or texnologiyalar hamda amaliy tajribadan foydalanish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va uning keyingi yo‘nalishlarini muhokama qildi.

LIVEKunning xabarlari