EBRD Turkiyada yashil energiyaga 14 milliard yevro yo’naltirdi

EBRD prezidenti Odile Renaud-Basso bankning Turkiyadagi jami sarmoyalarining yarmidan ko'piga teng 14 milliard yevro yashil energiyaga ajratilganini ma'lum qildi. Uning aytishicha, yashil o'tish bankning eng asosiy ustuvor yo'nalishidir.

Odile Renaud-Basso COP31 doirasidagi Global moliya sammiti sessiyasida nutq so'zlamoqda
Matn

Turkiya mezbonligida ilk bor o’tkazilgan BMTning Iqlim o’zgarishi bo’yicha doiraviy konvensiyasi Tomonlar konferensiyasi 31-yig’ilishi (COP31) doirasida Global moliya sammiti nomli sessiya bo’lib o’tdi. Unda Turkiya g’aznachilik va moliya vaziri Mehmet Simsek hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) prezidenti Odile Renaud-Basso qatnashdi.

Renaud-Basso Turkiya EBRD uchun muhim hamkor ekanini, shuningdek, sarmoyalar hajmi bo’yicha bank eng ko’p mablag’ kiritadigan mamlakatlar qatorida turishini aytdi. U bankning Turkiyaga kiritgan sarmoyalarining yarmidan ko’piga teng bo’lgan 14 milliard yevro yashil energiyaga yo’naltirilganini bildirib, bu EBRD uchun eng katta ustuvor yo’nalish ekanini ta’kidladi.

EBRDning to’g’ridan to’g’ri sarmoyalaridagi bosh maqsad yashil o’tishni ta’minlash ekanini qayd etgan Renaud-Basso, Turkiyada ayrim murakkab davrlar ham bo’lganini aytdi. Uning so’zlariga ko’ra, har bir shunday davrda mamlakatning energetika salohiyati va iqtisodiyoti qanchalik bardoshli ekani, iqtisodiy ishtirokchilarning tez moslasha olishi hamda odamlarning o’sish va rivojlanishga qo’shayotgan hissasi ko’rindi.

Renaud-Basso kelgusida EBRDning maqsadi Turkiyani qo’llab-quvvatlashni davom ettirish, mamlakatning yanada yashil bo’lishiga, iqtisodiy o’tish va iqtisodiy modelning o’zgarishiga ko’maklashish ekanini bildirdi. U Turkiyaning 2040 yilgacha quyosh va shamol energiyasi bo’yicha 175 gigavattga erishish maqsadini juda katta maqsad deb baholadi.

Qurg’oqchilik, issiq havo to’lqinlari va yong’inlar kabi tabiiy ofatlar ko’payayotganiga e’tibor qaratgan Renaud-Basso, texnologiyalar juda tez o’zgarib, ancha arzonlashayotganini aytdi. U qayta tiklanuvchi energiya endi arzonroq ekanini, yangi elektr ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishda eng yaxshi qiymatni taqdim etishini hamda Turkiyaning shamol va quyosh salohiyati yuqoriligi qo’shimcha rag’bat berishini ta’kidladi.

LIVEKunning xabarlari