Mirziyoyev va Ajay Banga 16 milliard dollarlik loyihalar portfelini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Antaliyadagi COP31 doirasida Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan strategik sheriklik istiqbollarini ko‘rib chiqdi. Qo‘shma loyihalar portfeli qariyb 16 milliard dollarga yetgani bildirildi.

Shavkat Mirziyoyev va Ajay Banga uchrashuvi
Matn

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 noyabr kuni Antaliyada o‘tkazilgan COP31 iqlim konferensiyasi doirasida Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Jahon banki guruhi o‘rtasidagi strategik sheriklikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayonini ham ko‘rib chiqdi. Ushbu loyihalar portfeli qariyb 16 milliard dollarga yetgani qayd etildi.

Muzokaralarda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi resurslarini o‘rta muddatli ko‘rib chiqish forumiga tayyorgarlik masalasi ham alohida ko‘rib chiqildi. Forum dekabr oyida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida O‘sish va ish o‘rinlari dasturini amalga oshirish, yangi Mamlakat bilan hamkorlik dasturini tayyorlash, infratuzilmaga xususiy investitsiyalarni jalb etish, xususiylashtirish hamda suv xavfsizligini ta’minlash belgilandi.

LIVEKunning xabarlari