Humo to‘lov tizimi 2026 yilning to‘qqiz oyida 586,8 milliard so‘m sof foyda oldi. Bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 162 foizga yuqori bo‘ldi.
Bu haqdagi ma’lumot tizimni boshqaruvchi <strong>Milliy banklararo protsessing markazi</strong> aksiyadorlik jamiyatining choraklik hisobotida keltirildi. Hisobotga ko‘ra, kompaniya daromadi 380,9 milliard so‘mdan 1 trillion so‘mga oshib, 2,65 baravar ko‘paydi. Bu 165 foizlik o‘sishni anglatadi.
Xizmatlar tannarxi 87,5 foizga oshib, 187,2 milliard so‘mga yetdi. Daromad tannarxga qaraganda tezroq o‘sgani natijasida yalpi foyda 192,6 foizga ko‘payib, 822,2 milliard so‘mni tashkil etdi.
Faqat III chorakning o‘zida kompaniya 176 milliard so‘m foyda oldi. Bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 76,5 foizga ko‘pdir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Humo aktivlari bir yil ichida 55,4 foizga o‘sib, 1,1 trillion so‘mga yetdi. Kapital 63 foizga oshib 964 milliard so‘mni tashkil etdi, taqsimlanmagan foyda esa 81,4 foizga ko‘payib, 775,3 milliard so‘mga yetdi.





