Farg‘onada energiya tejamkor qurilish materiallari loyihasi muhokama qilindi

Farg‘ona viloyati rahbariyati Xitoyning Yude Intelligent Building Materials kompaniyasi va Qirg‘izistondagi hamkorlar bilan zamonaviy ishlab chiqarish masalasini ko‘rib chiqdi. Muzokaralar yakunida loyiha uchun aniq chora-tadbirlarni tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Farg‘onada qurilish materiallari loyihasi bo‘yicha uchrashuv
Matn

Farg‘ona viloyatida energiya tejamkor va ekologik toza texnologiyalar asosida qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati muhokama qilindi. Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, suhbat qurilish materiallari sohasida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish istiqbollariga bag‘ishlandi.

Viloyat hokimi Hayrullo Bozorov Xitoyning Yude Intelligent Building Materials kompaniyasi bosh direktor o‘rinbosari Suy Szyuntsyan hamda uning Qirg‘izistondagi hamkorlari bilan uchrashdi. Tomonlar sohada zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Kompaniya vakillari uning xalqaro faoliyati va turli mamlakatlardagi ish tajribasi haqida ma’lumot berdilar. Ular Farg‘ona viloyatidagi investitsiya muhitiga ham ijobiy baho berdilar.

Hayrullo Bozorov ilg‘or texnologiyalarga asoslangan loyihalar sanoatni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishda muhim ekanini ta’kidladi. U viloyat Xitoy investorlar bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi. Muzokaralar yakunida ishtirokchilar o‘zaro manfaatli loyihani amalga oshirish uchun aniq chora-tadbirlarni tayyorlashga kelishib oldilar.

LIVEKunning xabarlari