Mirziyoyev Qohira yaqinidagi fojia yuzasidan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qohira yaqinidagi yirik avariya va yong‘in munosabati bilan Misr Prezidenti Abdel Fattoh as-Sisiga hamdardlik yo‘lladi. Hodisada 31 kishi halok bo‘ldi, 21 kishi jarohat oldi.

Shavkat Mirziyoyev va Abdel Fattoh as-Sisi
Matn

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qohira yaqinida yuz bergan yirik avariya va uning ortidan kelib chiqqan yong‘in munosabati bilan Misr Prezidenti Abdel Fattoh as-Sisiga hamdardlik bildirdi. Hodisa ko‘plab qurbonlar va jabrlanganlarga sabab bo‘lgani qayd etildi.

Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga dalda so‘zlarini yo‘lladi. Shuningdek, u barcha jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

Fojea Qohira yaqinida benzin tashuvchi avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasidan keyin sodir bo‘ldi. Alanga o‘nlab transport vositalarini qamrab oldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisada 31 kishi halok bo‘lgan, yana 21 kishi jarohat olgan. Avariya sabablari va hodisaning boshqa tafsilotlari haqida manbada qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

LIVEKunning xabarlari