Tadbir eʼloniga ko‘ra, Oʻzbekiston-Turkiya Biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yuqori darajali kengashining birinchi yigʻilishi 2026-yil 18–19-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Kengash 2026-yil oktabr oyida tashkil etilgan.
Kengashni tuzishdan ko‘zlangan maqsad ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar aloqalarini kengaytirish hamda biznes uchun qulay sharoit yaratishdan iborat.
Birinchi yig‘ilishda Oʻzbekiston va Turkiyaning davlat organlari vakillari, yetakchi kompaniyalar, investorlar hamda ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbir savdo va investitsiyalarni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun maydon bo‘lib xizmat qiladi.
Dasturda infratuzilma va shaharsozlik, energetika hamda kimyo sanoatiga bag‘ishlangan panel sessiyalari nazarda tutilgan. Ishtirokchilar, shuningdek, sanoat, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, ijtimoiy soha va davlat-xususiy sheriklik masalalarini muhokama qilib, qo‘shma loyihalarni ilgari surish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqadilar.





