Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” g‘oliblarini taqdirladi

Beshinchi bor o‘tkazilgan “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirida qariyb 6 ming ishtirokchi qatnashdi. Ularning 633 nafari ayollar va qizlar bo‘ldi.

Saida Mirziyoyeva Zakovat-Gambit shaxmat turniri g‘oliblarini taqdirlash marosimida
Matn

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi. U bu haqda o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Beshinchi bor o‘tkazilgan musobaqa qariyb 6 ming ishtirokchini birlashtirdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘pdir. Ishtirokchilarning 633 nafari ayollar va qizlarni tashkil etdi.

Mirziyoyevaning qayd etishicha, bu raqamlar intellektual bellashuvlarga qiziqish ortib borayotganini, ilmga intilish hamda yoshlarning o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonchini ifodalaydi. U O‘zbekiston xalqaro shaxmat maydonida havas qilgulik natijalarga erishib kelayotganini, shu bilan birga har bir insonning aqliy salohiyatini to‘liq namoyon etishga xizmat qiluvchi muhit shakllanayotganini ta’kidladi.

“Mamlakatning intellektual salohiyati nafaqat iste’dod egalarining yutuqlari, balki har bir insonning qobiliyatini yuzaga chiqarish uchun yaratiladigan imkoniyatlar ko‘lami bilan ham belgilanadi”, dedi Saida Mirziyoyeva. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Zakovat” loyihasi iqtidorli yoshlarni kashf etish bilan birga tafakkur madaniyati, mustaqil fikrlash va oqilona qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga ham xizmat qilmoqda.

Mirziyoyeva yurt kelajagi yosh avlodning nafaqat qanchalik bilimli ekani, balki bilimlarini qay darajada qo‘llay olishi va fikr doirasiga ham bog‘liqligini bildirdi. Manbada turnir g‘oliblarining ismlari hamda berilgan mukofotlar tafsilotlari keltirilmagan.

LIVEKunning xabarlari