Türkiye Qora dengizda tijorat kemalariga hujumlar kuçayganidan xavotir bildirib, Rossiya va Ukrainani ogohlantirdi. Türkiye mudofaa vaziri Yaşar Gyuler türk kemalariga hujum qilingan taqdirda Anqara javob qaytariş va qonuniy çoralar köriş huquqini özida saqlab qolişini bildirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Gyuler bayonotni Bolgariya poytaxti Sofiyada Türkiye, Ruminiya va Bolgariya mudofaa vazirlari hamda harbiy rahbarlari iştirokidagi xavfsizlik yiğilişidan söng berdi. Vazirning aytişiça, Qora dengizda harakatlanayotgan tijorat kemalari dron hujumlari, adaşgan minalar va raketalar sabab xavf ostida qolmoqda.
“Biz Qora dengizdagi tijorat kemalariga kuçayib borayotgan hujumlarni xavotir bilan kuzatmoqdamiz va tomonlarni dengizda xavfsiz suzish tamoyillariga muvofiq oqilona harakat qilishga çaqiramiz”, dedi Gyuler. U Rossiya va Ukrainaga fuqarolik kemalariga hujumlarni zudlik bilan töxtatiş talabi bilan muntazam ogohlantirişlar yuborilayotganini ham ta’kidladi.
Vazir ma’lumotiga köra, 28-oktyabr kuni Bolgariyaning dengiz hududida yana bir tijorat kemasiga uçta dron bilan hujum qilingan. Liberiya bayroği ostida suzayotgan, Gretsiyaga tegişli konteyner kemasiga qilingan hujum ortida kim turgani hozirça noma’lum. Oktyabr örtalarida ham Bolgariya qirğoqlari yaqinida tijorat kemalari ketma-ket hujumlarga uçragani xabar qilingan.
Reuters ma’lumotiga köra, iyuldan beri Ukraina Rossiyaning neft va don taşıyotgan kemalari hamda eksport infratuzilmasiga hujumlarni kuçaytirgan. Bundan avval Rossiya Ukrainaning Odessa, Çornomorsk va Pivdenniy portlariga raketa va dron hujumlarini köpaytirgani bildirilgan.
Türkiye avvalroq Rossiya va Ukrainaga Qora dengizdagi hujumlarni töxtatiş hamda don taşış xavfsizligini ta’minlaş böyiça taklif yuborgan, Anqara esa tomonlarning javobini kutmoqda. Gyuler Türkiye, Ruminiya va Bolgariya minalarni tozalaş işlari bilan birga suvosti infratuzilmasini himoya qilişga ham e’tibor qaratişga kelişib olganini aytdi.





