O‘zbekiston mediafutbol jamoasi Toshkentdagi Paxtakor stadionida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Rossiya mediafutbol jamoasiga 7:4 hisobida yutqazdi. Poytaxt arenasidagi bahsda mehmonlar yetti gol urdi, O‘zbekiston jamoasi esa to‘rt gol bilan javob qaytardi.
Rossiyaning mediafutbol jamoasini bu o‘yinda Moskvaning CSKA klubi tarkibida Rossiya chempioni bo‘lgan Pavel Mamayev boshqardi. G‘oliblar safida Artyom Ntumba, Mixail Prokopyev, Dmitriy Yegorov va Aleksey Gasilin gol urdi.
Rossiya jamoasidan Anar Abdullayev bullitni golga aylantirdi, Vasiliy Mavrin esa bonus gol muallifi bo‘ldi. Manbada O‘zbekiston mediafutbol jamoasi gollarini kimlar urganiga oid ma’lumot keltirilmagan.
Rossiya mediafutbol jamoasi tarixidagi ilk xalqaro uchrashuvini 4-sentabr kuni Dushanbeda o‘tkazdi. Leonid Slutskiy boshqargan jamoa Tojikiston mediafutbol terma jamoasini 4:3 hisobida mag‘lub etdi.
Bundan avval O‘zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari o‘rtasida 12-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi uchun hakamlar brigadasi ma’lum qilingan edi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ham tarkibni e’lon qilgan.





