Tramp Eron bo‘yicha: «Haqiqiy kelishuv istayman»

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan ehtimoliy kelishuv neft narxlariga ham ta’sir qilishini aytdi. U Tehron Vashington qabul qilishi mumkin bo‘lgan shartlarda bitim tuzishni istamayotganini bildirdi.

Donald Tramp Oq uyda Eron muzokaralari haqida bayonot bermoqda
Matn

AQSh prezidenti Donald Tramp Osiyo safaridan keyin Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Eron bilan davom etayotgan muzokaralar yuzasidan bayonot berdi. Uning aytishicha, ikki davlat o‘rtasida ehtimoliy kelishuvga erishilishi neft narxlari bilan ham bog‘liq.

Tramp Eron o‘zi qabul qilishi mumkin bo‘lgan shartlarda kelishuv tuzishni istamayotganini ta’kidladi. AQSh prezidenti: «Men haqiqiy kelishuv tuzmoqchiman», dedi.

Matbuot anjumanida Tramp Xitoy raisi Si Szinpin va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazgan uchrashuvlariga ham to‘xtaldi. U Osiyo safarini mamlakat tarixidagi eng muvaffaqiyatli prezidentlik safarlaridan biri deb atadi hamda Xitoy va Rossiya tashrifdan taassurot olganini, o‘zi esa uchrashuvlardan mamnun ekanini bildirdi.

AQSh prezidenti, shuningdek, Si Szinpin bilan sun’iy intellekt sohasida ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar yuzasidan kelishuvga erishilganini aytdi. Tramp sun’iy intellekt bo‘yicha keyingi qadamlar borasida umumiy tushuncha shakllanganini qayd etdi.

LIVEKunning xabarlari