Ispaniyadağı poyezd toqnaşuvidan söng Qirol kubogining 24 öyini qoldirildi

Toledo viloyatidagi yuqori tezlikdagi poyezdlar halokatidan keyin Ispaniya Qirol kubogi ilk bosqiçining 28-oktabrga belgilangan 24 uçraşuvi qoldirildi.

Ispaniyadagi poyezd halokati ortidan qoldirilgan Qirol kubogi öyinlari haqidagi xabar
Matn

Ispaniyada Madrid va Sevilya örtasida qatnaydigan Iryo hamda Renfe AVE yuqori tezlikdagi yolovçi poyezdlari 28-oktabr tongida toqnaşgani ortidan futbol taqvimiga özgariş kiritildi. Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi Qirol kubogi ilk bosqiçining çorşanba, 28-oktabr kuniga rejalangan 24 ta uçraşuvi başqa muddatga köçirilganini malum qildi.

Manbaga köra, hodisa Toledo viloyatining Urda hududida yuz bergan. Ikki poyezdda jami 400 dan ortiq yolovçi bölgan. Dastlabki xabarlarda halokat oqibatida 50 dan ortiq kişi halok bölgani aytilmoqda.

Futbol federatsiyasi yuz bergan fojea sabab çorşanba kuniga belgilangan barça kubok bahslarini bekor qildi. Qoldirilgan uçraşuvlar qaysi sanada ötkazilişi hozirça elon qilinmadi.

Ispaniya Qirol kubogining ilk bosqiçida jami 112 jamoa qatnaşadi va keyingi bosqiçga çiqiş masalasi bitta öyin natijasiga köra hal etiladi. Dastlabki rejada 56 ta bahsni 27–29-oktabr kunlari ötkaziş belgilangan edi. Ispaniya Superkubogi iştirakçilari — “Real Madrid”, “Barselona”, “Atletiko Madrid” va “Real Sosyedad” esa bu bosqiçdan ozod qilingan hamda musobaqani keyinroq başlaydi.

LIVEKunning xabarlari