Mirziyoyev Iordaniyada yangi bitimlar yuzasidan muzokara o’tkazadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya qiroli Abdulloh II ibn al-Husayn taklifiga binoan ushbu mamlakatga tashrif buyuradi. Muzokaralarda savdo, investitsiya va qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya qiroli Abdulloh II
Matn

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev Iordaniya qiroli Abdulloh II ibn al-Husaynning taklifiga binoan Iordaniyaga tashrif buyuradi. Tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikka oid muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mamlakat poytaxtida ikki davlatning rasmiy vakillari va tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum ham bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir rasmiy muzokaralar bilan bir qatorda ishbilarmon doiralarning muloqoti uchun maydon yaratadi.

Uchrashuvlarning asosiy mavzusi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish bo‘ladi. Tomonlar to‘qimachilik, tog‘-kon va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi hamda farmatsevtika sohalaridagi qo‘shma loyihalarga alohida e’tibor qaratishni rejalashtirmoqda.

Muzokaralarda madaniy aloqalarni va turistik almashinuvlarni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Yakunda bir qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda, biroq ularning soni va mazmuni hozircha aniqlashtirilmagan. Shavkat Mirziyoyev avvalroq Astanada Iordaniya qiroli Abdulloh II bilan muzokara o‘tkazgan edi.

LIVEKunning xabarlari