Qirgizistonda barça viloyat va tumanlarni tugatib, ularning örniga aymoq deb ataladigan yangi mamuriy birliklarni tuziş rejalaştirilmoqda. Davlat xizmati va mahalliy özini özi başqariş işlari böyiça davlat agentligi direktori Elçibek Jantayevning bayonotini Kaktus.media manbasiga tayangan holda Daryo.uz xabar qildi. Yangi model dastlab bitta hududda qöllanişi aytildi.
Xabarga köra, Qirgizistonda hozir 7 ta viloyat, 40 ta tuman va 34 ta şahar bor. Rejalaştirilayotgan aymoqlar tumanlardan yirikroq, viloyatlardan esa kiçikroq bölişi kutilmoqda. Mavjud 40 tuman örniga 20 tadan ortiq aymoq tuziş nazarda tutilgan.
Jantayev aymoqlarni şekllantirişda hududlarning imkoniyatlari hamda rivojlaniş salohiyati hisobga olinişini bildirdi. U Issiqköl viloyatini şimoliy va janubiy qismlarga ajratiş mumkinligini misol qildi. Jalolobod va Öş viloyatlaridagi turli xususiyatga ega tumanlar ham şu asosda birlaştirilib, aymoqlarga ajratilişi mumkin.
Aymoqlarni tuziş mamuriy-hududiy islohotning ikkinçi bosqiçi sifatida körilmoqda. Islohotning birinçi bosqiçi 2023-yilda başlayan: ayrim tumanlar çegaralari özgartirilgan, qator aholi punktlari esa şaharlar tarkibiga qöşilgan. Prezident Sadir Japarov 2026-yil aprelida avval bitta aymoq tajriba tariqasida tuzilişini, tizim bir, ikki yoki uç yil kuzatilişini va tajriba muvaffaqiyatli bölsa, butun mamlakat böylab joriy etilişi mumkinligini aytgan edi.



