Turkiya va Kanada CANDU reaktori bo’yicha texnik baholashni boshladi

Turkiya Yadro Energetikasi ASh va Kanadaning AtkinsRealis kompaniyasi Turkiyada CANDU texnologiyasiga asoslangan atom elektr stansiyasi loyihasini o'rganish bo'yicha kelishuv imzoladi. Hujjat texnik-iqtisodiy asoslash hamda dastlabki muhandislik ishlarini qamrab oladi.

Turkiya va Kanada o'rtasidagi CANDU atom elektr stansiyasi kelishuvi
Matn

Turkiya Yadro Energetikasi ASh va Kanadada joylashgan AtkinsRealis kompaniyasi Turkiyada CANDU reaktor texnologiyasi asosida barpo etilishi mumkin bo’lgan atom elektr stansiyasi loyihasi yuzasidan hamkorlik kelishuvini imzoladi. Kelishuv ehtimoliy atom energetikasi sarmoyasi uchun keng qamrovli texnik-iqtisodiy asoslash ishlarini hamda dastlabki muhandislik loyihalash jarayonini nazarda tutadi.

AtkinsRealis ma’lumotiga ko’ra, ishlar kompaniyaning Candu Energy sho”ba korxonasi orqali olib boriladi. Uning doirasida Turkiyaning atom energetikasi dasturini kengaytirish uchun ko’p blokli atom loyihasi varianti baholanadi. Kompaniya texnik-iqtisodiy asoslash va dastlabki muhandislik ishlari 2027 yil oxirigacha yakunlanishini kutayotganini bildirdi.

AtkinsRealisning atom bo’linmasi rahbari Joe St. Julian tomonlar Turkiyada quvvati 4,5 gigavatt bo’lishi va 6 blokdan iborat bo’lishi mumkin bo’lgan stansiya rejasi bo’yicha muzokara olib borayotganini aytdi. Uning so’zlariga ko’ra, muhandislik loyihalash ishlari 2028 yilgacha yakunlanishi, bu jarayon esa yakuniy investitsiya qaroriga zamin yaratishi mo’ljallangan.

Yangi kelishuv Turkiya va Kanada o’rtasida atom energetikasi sohasida mart oyida boshlangan hamkorlikning davomi bo’ldi. Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vazirligi 2026 yil 3 mart kuni TUNAS va AtkinsRealis Turkiyada atom elektr stansiyalarini rivojlantirish yuzasidan anglashuv memorandumi imzolaganini ma’lum qilgan edi.

Vazirlik mart oyidagi memorandum CANDU reaktor texnologiyasini Turkiyada qo’llash imkoniyatini baholash uchun texnik ma’lumot va axborot almashishni o’z ichiga olishini bildirgan. AtkinsRealis ham hamkorlik texnik ma’lumotlar, tajriba, ekspertiza, maydonning mosligi, tartibga solish talablari, litsenziyalash, moliyalashtirish modellari, mahalliylashtirish imkoniyatlari va kadrlar ehtiyojlarini qamrab olishini qayd etgan.

LIVEKunning xabarlari