Xitoyning CE-25A elektr yo‘lovchi samolyoti ilk bor ekipaj bilan parvoz qildi

COMAC ishlab chiqqan CE-25A Shandun viloyatining Bincou shahrida ekipaj ishtirokidagi ilk sinov parvozini amalga oshirdi. Kompaniya samolyot tizimlari me’yorda ishlagani va ko‘rsatkichlar kutilgan darajada bo‘lganini ma’lum qildi.

CE-25A elektr yo‘lovchi samolyoti
Matn

Xitoyda ishlab chiqarilgan CE-25A elektr yo‘lovchi samolyoti Shandun viloyatining Bincou shahrida ekipaj ishtirokidagi ilk sinov parvozini yakunladi. Xitoy Tijorat Samolyotlari Kompaniyasi (COMAC) parvoz muvaffaqiyatli o‘tganini bildirdi.

Sinov parvozida ikki uchuvchi va bir parvoz muhandisi qatnashdi. COMAC ma’lumotiga ko‘ra, parvoz davomida samolyot tizimlari me’yorda ishlagan, barcha parvoz ko‘rsatkichlari esa kutilgan talablarga javob bergan.

CE-25A COMAC tomonidan Xitoy batareya ishlab chiqaruvchisi CATL, Shanxay Jiao Tong universiteti va loyihaning boshqa hamkorlari bilan birga ishlab chiqilgan. U Xitoyning mahalliy ishlab chiqarilgan ilk elektr yo‘lovchi samolyoti sifatida taqdim etilmoqda. Shaharlararo parvozlar uchun mo‘ljallangan samolyot 19 yo‘lovchini tashiy oladi va uning maksimal uchish og‘irligi 10 tonnani tashkil etadi.

Samolyot soatiga 300 kilometr tezlikka erisha oladi, 2 ming 400 metr balandlikda parvoz qiladi va 400 kilometrlik parvoz masofasiga ega. CE-25Aning ilk uchuvchisiz sinov parvozi 2-fevral kuni amalga oshirilgan, undan keyin 19 ta uchuvchisiz avtonom parvoz bajarilgan. Xitoy Fuqaro aviatsiyasi idorasi samolyotning parvozga yaroqliligini tasdiqlash uchun tur sertifikati berishga doir arizani ham qabul qilgan.

LIVEKunning xabarlari