Xitoyning elektr va gibrid avtomobil eksporti oktabrda rekord darajaga chiqdi

Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari oktabrda tashqi bozorlarda 582 mingta elektr va gibrid avtomobil sotdi. Eksport o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 144,7 foizga oshdi.

Xitoy ishlab chiqaruvchilarining elektr va gibrid avtomobil eksporti
Matn

Yaqin Sharqdagi urush ortidan neft narxlari ko‘tarilgani va talab kuchaygani fonida Xitoyning elektr avtomobil eksporti tarixdagi eng yuqori darajaga yetdi. Xitoy Yengil Avtomobillar Uyushmasi (CPCA) ma’lumotiga ko‘ra, xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchilari oktabr oyida xorijiy bozorlarda 582 mingta elektr va gibrid avtomobil sotgan.

Elektr avtomobillar eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 144,7 foizga oshib, rekord darajaga chiqdi. Bu ko‘rsatkich xitoylik ishlab chiqaruvchilarning xorijiy bozorlardagi elektr va gibrid avtomobil savdosi sezilarli ko‘payganini ko‘rsatadi.

Manbada AQSh va Isroil bilan Eron o‘rtasidagi urush sabab neft narxlarining ko‘tarilgani jahon bozorida elektr va gibrid avtomobillarga talabni oshirgani qayd etildi. Ushbu vaziyat elektr avtomobil ishlab chiqarishga katta sarmoya kiritgan Xitoy avtomobil kompaniyalariga xalqaro bozorda raqobat ustunligini bergani bildirildi.

CPCA e’lon qilgan eksport ma’lumotlari faqat Xitoyda ishlab chiqarilib, xorijga jo‘natilgan avtomobillarni qamrab olmaydi. Unga Xitoy avtomobil brendlarining xorijdagi zavodlarida yig‘ilib, shu bozorlarda sotilgan avtomobillar ham kiritilgan.

LIVEKunning xabarlari