Olmaotada O‘zbekiston–Qozog‘iston biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Olmaotadagi O‘zbekiston–Qozog‘iston biznes forumi ikki mamlakatdan qariyb 300 tadbirkorni jamladi. Unda savdo, sarmoya, qo‘shma ishlab chiqarish va logistika masalalari muhokama qilindi.

Olmaotada o‘tgan O‘zbekiston–Qozog‘iston biznes forumi ishtirokchilari
Matn

Olmaotada O‘zbekiston va Qozog‘istondan qariyb 300 tadbirkor ishtirokida O‘zbekiston–Qozog‘iston biznes forumi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ma’lumotiga ko‘ra, tadbir O‘zbekiston delegatsiyasining Qozog‘istonga biznes missiyasi doirasida tashkil etildi.

Forumda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Sherzod Ibragimov, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Baxtiyor Ibragimov, Olmaota akimi o‘rinbosari Beybut Shaxanov hamda “Atameken” Hududiy tadbirkorlar palatasi direktori Chingizxon Mamanov qatnashdi.

Ishtirokchilar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi. Forum doirasida mahsulotlar ko‘rgazmasi, biznes vakillari o‘rtasida B2B shaklidagi ikki tomonlama uchrashuvlar, shuningdek, davlat tuzilmalari va tadbirkorlar o‘rtasida G2B muzokaralari o‘tkazildi.

Muzokaralarda eksport va import hajmlarini ko‘paytirish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish, logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda istiqbolli investitsiya tashabbuslarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Forum ikki mamlakat tadbirkorlari uchun bevosita ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, yangi hamkorlarni izlash va qo‘shma loyihalarni muhokama qilish maydoni bo‘ldi.

LIVEKunning xabarlari