Amazon Autos Buyuk Britaniyada avtomobillar uchun onlayn platformani ishga tushiradi

Amazon avtomobil savdosi platformasini AQShdan tashqarida ilk bor Buyuk Britaniyaga olib chiqmoqda. Xaridorlar yangi va ikkilamchi bozordagi avtomobillarni ko‘rib, ularni band qilishi mumkin bo‘ladi.

Amazon Autos platformasida Buyuk Britaniya uchun avtomobillar ro‘yxati
Matn

Amazon avtomobil savdosi uchun mo‘ljallangan Amazon Autos platformasini ilk marta AQSh tashqarisida ishga tushirishini ma’lum qildi. Buyuk Britaniyadagi mijozlar platforma orqali yangi va ikkilamchi bozordagi avtomobillarni ko‘rib chiqishi hamda sotib olmoqchi bo‘lgan avtomobilini band qilishi rejalashtirilgan.

Seattle shahrida joylashgan elektron tijorat kompaniyasi uchun bu Amazon Autos’ning AQShdan tashqaridagi ilk faoliyati bo‘ladi. Avtomobil savdosi dastlab Hyundai bilan hamkorlikda boshlanishi, mamlakat bo‘ylab xaridorlarga yangi avtomobillar va sertifikatlangan ikkilamchi bozordagi avtomobillar taklif etilishi bildirildi.

Amazon mijozlari Buyuk Britaniya bo‘ylab qariyb 200 ta savdo nuqtasiga ega avtomobil dilerining ikkilamchi bozordagi avtomobillariga ham platforma orqali kira oladi. Amazon yaqin oylarda boshqa avtomobil dilerlarini ham platformaga jalb etish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Platformada avtomobillar narxlari va to‘lov variantlari ko‘rsatiladi, shuningdek mijozlar almashtirish uchun bermoqchi bo‘lgan mavjud avtomobilining taxminiy qiymatini bilishi mumkin bo‘ladi. Biroq avtomobilni ko‘rish va xarid jarayonini yakunlash uchun mijozlar tegishli dilerga shaxsan borishi kerak.

Amazon Autos International direktori Matt Nuffort kompaniya hamkorliklarni tez sur’atda kengaytirishni rejalashtirayotgani, yaqin bir necha oy ichida platformaga yangi dilerlar va brendlar qo‘shilishini aytdi. Nuffort: “Hozir hamkorlik qilayotgan dilerlar mijozlarga yetib borish uchun yangi savdo kanaliga ega bo‘layotganidan mamnun”, dedi.

Amazon Autos dastlab AQShda 2024 yil oxirida ishga tushirilgan edi. Hozir platformada minglab dilerlar orqali Kia, Mazda va Subaru ham kiradigan 35 ta avtomobil brendining avtomobillari sotuvga qo‘yilgan.

LIVEKunning xabarlari