Turkiya moliya institutlari Oʻzbekiston banklari islohotlariga taklif etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya moliya institutlarini bank tizimidagi islohotlar va xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishga chaqirdi. U sanoat zonasi hamda raqamli loyihalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalasini ham ilgari surdi.

Shavkat Mirziyoyev turk investorlar bilan uchrashuvda
Matn

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston–Turkiya biznesini qoʻllab-quvvatlash bo‘yicha Yuqori darajali kengashning birinchi yigʻilishida qatnashdi. Davlat rahbari davlat-xususiy sheriklikning asosiy yoʻnalishlari sifatida moliyaviy xizmatlar va raqamli texnologiyalarni qayd etdi.

Mirziyoyev Ziraat Bank Oʻzbekistonda 33 yildan beri faoliyat yuritayotganini alohida taʼkidladi. U boshqa turk moliya institutlarini ham bank sektoridagi islohotlar va xususiylashtirishda ishtirok etishga chaqirdi.

Prezident turk hamkorlarga IT Park rezidentlari bilan autsorsing, dasturiy taʼminot va sunʼiy intellekt yoʻnalishlarida qoʻshma loyihalarni tashkil etishni taklif qildi. Uning aytishicha, bunday ko‘mak IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish maqsadiga erishishga yordam beradi.

Mirziyoyev: “Biz investitsiya muhitini yaxshilash va biznes uchun ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan islohotlarni izchil davom ettirmoqdamiz”, dedi. Maxsus sanoat zonalarida investitsiya hajmiga qarab 3 yildan 10 yilgacha soliq va bojxona imtiyozlari berilishi, yirik investorlar uchun infratuzilmaga ega tayyor binolar va yer uchastkalari ajratilishi taʼkidlandi.

Ayni paytda Toshkent viloyatida 100 gektar maydonni egallagan Oʻzbekiston–Turkiya Ostim sanoat zonasini kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Mirziyoyev mazkur tajribani boshqa hududlarga ham tatbiq etishga tayyorligini bildirdi hamda turk investorlariga muvaffaqiyat tiladi.

LIVEKunning xabarlari