Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqot hayotning dastlabki 1 000 kunida shakarga duchor bo‘lishni kamaytirish o‘n yilliklardan keyin saraton xavfining pastligi va biologik qarishning sekinroq kechishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi.
PNAS jurnalida e’lon qilingan “Early-life sugar restriction causally reduces adult cancer incidence and slows biological aging” nomli maqolada Buyuk Britaniyadagi 64 761 nafar katta yoshli kishining ma’lumotlari tahlil qilindi.
Hayotining ilk 1 000 kuni shakarni me’yorlash davriga to‘g‘ri kelgan odamlarda keyingi hayotda jigar/jigar ichidagi o‘t yo‘llari, to‘g‘ri ichak, prostata, ko‘krak va o‘pka saratoni uchrashi 36 foizdan 69 foizgacha kam bo‘lgan.
Tadqiqotda bu odamlarda biologik qarish 2,2 yilga kamligini ko‘rsatadigan belgilar aniqlangan. Shuningdek, ular 50 yildan keyin ham sog‘lomroq ovqatlanish odatlarini saqlab qolgani qayd etildi.





