Leapmotor’ning flagman SUV modeli D19 O’zbekistonda rasman taqdim etildi. Brendning O’zbekistondagi rasmiy distribyutori Evolution Motors 20 noyabr kuni Toshkentda taqdimot o’tkazdi va shu kechadan oldindan buyurtma bergan xaridorlarga avtomobillarni topshirishni boshladi.
Tadbirni Sherzod Jalalov olib bordi. Unda mijozlar, hamkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Evolution Motors bosh direktori Ilhomjon Isomitdinov birinchi D19 avtomobillari taqdimot kechasining o’zida egalariga topshirilganini aytdi.
D19 ikki turda taklif qilinadi: masofasi uzaytirilgan elektromobil (REEV) va to’liq elektr avtomobil (BEV). CLTC sikliga ko’ra, D19 REEV faqat elektr quvvatida 500 kilometrgacha, umumiy hisobda 1 180 kilometrgacha yo’l bosishi mumkin. D19 BEV’ning CLTC bo’yicha yurish masofasi 720 kilometrgacha etadi.
Leapmotor vakili Zhiwen Gu O’zbekiston kompaniyaning xalqaro rivojlanishida muhim o’rin tutishini bildirdi. Tadbirda ixcham A10 va old qismi yangilangan C16 ham sotuvga chiqarildi. A10 elektr quvvatida 505 kilometrgacha yuradi va uning narxi 260 000 000 so’mdan boshlanadi. C16 elektr versiyasi 630 kilometrgacha yurish masofasi hamda 420 000 000 so’mdan boshlanuvchi narxda, REEV versiyasi esa elektr quvvatida 280 kilometrgacha yurish masofasi va 415 000 000 so’mdan boshlanuvchi narxda taklif qilinadi.





