O‘zbekiston va Ruminiya fuqarolarni ishga joylashtirish masalasini muhokama қилди

O‘zbekiston va Ruminiya O‘zbekiston fuqarolarini Ruminiyada ishga joylashtirish bo‘yicha hukumatlararo bitim imkoniyatini ko‘rib chiqdi. Uchrashuvda viza tartiblarini soddalashtirish hamda rekruting kompaniyalari hamkorligi ham muhokama etildi.

Olimjon Abdullayev va Daniel Cristian Ciobanu o‘rtasidagi uchrashuv
Matn

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Ruminiya O‘zbekiston fuqarolarini Ruminiyada ishga joylashtirish imkoniyatlari hamda viza tartiblarini soddalashtirish masalalarini muhokama qildi.

27 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Ruminiyaning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Cristian Ciobanu bilan uchrashdi. Muloqotda konsullik-huquqiy masalalar va migratsiya sohasidagi hamkorlik ko‘rib chiqildi.

Tomonlar O‘zbekiston fuqarolarini Ruminiyada ishga joylashtirish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni tayyorlash hamda viza tartiblarini soddalashtirishni muhokama qildi. Bu masalalar tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik doirasida ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, Ruminiya rekruting kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb etish va ularning mamlakatdagi xususiy bandlik agentliklari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqdi. Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash muhimligini qayd etib, tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi aloqalarni rivojlantirishni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.

LIVEKunning xabarlari