O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-oktabr oylarida mamlakatda 399 341 ta yengil avtomobil ishlab chiqarildi. 2025 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 370 006 tani tashkil etgan edi.
Hisobot davrida 4 904 ta yuk avtomobili ishlab chiqarildi. Bir yil avval shu davrda 3 973 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan. Yengil avtomobillarning 48 549 tasi maxsus avtomobillarga to‘g‘ri keldi, 2025 yilning yanvar-oktabr oylarida esa bu ko‘rsatkich 44 303 ta bo‘lgan.
Modellar kesimida Cobalt ishlab chiqarishi 134 917 tani tashkil etdi, 2025 yilning shu davrida 131 769 ta Cobalt ishlab chiqarilgan edi. Damas ishlab chiqarishi 75 846 tadan 72 443 taga, Tracker ishlab chiqarishi 40 034 tadan 36 813 taga kamaydi. Onix ishlab chiqarishi esa 25 599 tadan 31 919 taga oshdi.
BYD ishlab chiqarishi 15 010 tadan 31 541 taga, KIA ishlab chiqarishi 21 970 tadan 25 931 taga ko‘tarildi. Chery 7 411 ta, Haval 7 087 ta, CHEVROLET DAMAS MOVE 2 728 ta va TANK 500 2 ta ishlab chiqarildi. Avtomobil dvigatellari ishlab chiqarishi 204 146 donani tashkil etdi; bu ko‘rsatkich 2025 yilning yanvar-oktabr oylarida 200 679 dona, 2024 yilning shu davrida 214 018 dona edi. Qo‘mita 2024 va 2025 yil ma’lumotlari yillik balans asosida aniqlashtirilganini bildirdi.





