Fly Khiva Airways Toshkent–Vena yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni boshlaydi

Fly Khiva Airways 2027-yil aprelidan Toshkent va Vena o‘rtasida haftasiga ikki marta muntazam to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bir tomonlama aviachiptalar 302 dollardan boshlanadi.

Fly Khiva Airways Toshkent–Vena to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslari
Matn

O‘zbekistonning xususiy aviakompaniyasi Fly Khiva Airways 2027-yil aprelidan Toshkent va Vena o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni boshlaydi. Reyslar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi, bir tomonlama aviachiptalar narxi esa 302 dollardan boshlanadi.

Yangi havo yo‘nalishi O‘zbekiston va Avstriya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi bevosita muloqotni faollashtirishi hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda. Ushbu yo‘nalish ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnov imkoniyatlarini kengaytiradi.

To‘g‘ridan to‘g‘ri reys turizm sohasi uchun ham qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Yevropalik sayyohlar boy tarix va betakror me’morchilikka ega Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarga yanada qulay yetib kelishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonlik yo‘lovchilar uchun Venaga, shuningdek, u orqali Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga sayohat qilish imkoniyatlari kengayadi. Aviakompaniya bosh direktori Dilshod Xo‘jayevning aytishicha, yangi yo‘nalishni ochish haqidagi qaror yo‘lovchilarning talab va istaklarini o‘rganish natijasida qabul qilingan.

“Odamlar Yevropaga tungi qo‘nishlarsiz va boshqa davlatlar aeroportlarida uzoq kutishlarsiz, qulay tarzda uchishni istaydilar. Biz uchun Vena — Yevropaga ochiladigan darvozadir”, — dedi Dilshod Xo‘jayev.

Bir tomonlama aviachipta narxi 302 dollardan 910 dollargacha etib belgilangan.

LIVEKunning xabarlari