AQSh prezidenti Donald Tramp 2 ta savdo kelishuvi tuzilganini va yaqin orada yana 10 ta kelishuv bo‘lishini aytdi. Oq uydagi matbuot anjumanida u savdo, energiya narxlari va Eron bilan kelishuv ehtimoli yuzasidan fikr bildirib, yangi savdo kelishuvlari tez orada e’lon qilinishini ma’lum qildi.
Tramp Meksika bilan savdo kelishuviga yaqinlashilganini aytdi. Kanada bilan muzokaralarda hali bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar borligini qayd etgan Tramp, Kanada bilan adolatli savdo kelishuvi tuzish ustida ishlanayotganini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron kelishuv tuzishni istamoqda, AQSh esa haqiqiy kelishuvga erishishni maqsad qilgan. Tramp erishiladigan kelishuvning mazmuni muhimligini ta’kidlab, Eron uning uchun maqbul bo‘lgan bitimga rozi bo‘lish istagini namoyon etmayotganini aytdi. Shuningdek, u benzin narxlari pasayishda davom etishini, narxlar Eron bilan qanday kelishuvga erishilishiga bog‘liq bo‘lishini qayd etdi hamda foiz stavkalarini juda yuqori deb baholadi.
Tramp AQSh kompaniyalariga mamlakat tashqarisida ma’lumotlar markazi qurishga ruxsat berilmasligini, bunday qilgan kompaniyalarga juda yuqori soliq solinishini aytdi. U ma’lumotlar markazlari masalasida qat’iy kurash olib borilishini bildirdi. Tramp Xitoy raisi Si Szinpin bilan sun’iy intellekt bo‘yicha umumiy xavfsizlik chegaralarini belgilashga kelishilganini aytib, Anthropic kompaniyasiga katta hurmatini bildirdi.
Havo harakatini boshqarish tizimlarini modernizatsiya qilish uchun zarur tasdiq olinishi kerakligini aytgan Tramp, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya-Ukraina urushini diplomatiya orqali tugatishni istayotganini bildirganini ma’lum qildi. U urush yechimi uchun kuchli imkoniyat borligini aytdi. Tramp, shuningdek, Xitoy bilan eksport va chiplar bo‘yicha keng qamrovli kelishuv ustida ishlanayotganini, Xitoyga faqat eski avlod chiplari sotilishi kerakligini bildirdi.





