Fly Khiva Airways Toshkentdan Vena shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys ochadi

Fly Khiva Airways Toshkent va Vena o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi. Reyslar 2027-yil aprelidan haftasiga ikki marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Fly Khiva Airwaysning Toshkent-Vena to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysi haqidagi e’loni
Matn

Xususiy Fly Khiva Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Venaga muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni yo‘lga qo‘yadi. Kompaniya matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, dastlabki parvozlar 2027-yil apreliga mo‘ljallangan va chiptalar savdosi boshlangan.

Qatnovlar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari bajariladi. Toshkentdan Venaga parvoz 5 soat 10 daqiqa, qaytish yo‘nalishida esa 6 soat 35 daqiqa davom etadi. Bir tomonga chipta narxlari 302 dollardan 910 dollargacha belgilangan.

Aviakompaniya bosh direktori Dilshod Xo‘jayevning aytishicha, yangi yo‘nalishni ochish haqidagi qaror yo‘lovchilar so‘rovlari o‘rganilgach qabul qilingan. U shunday dedi: “Odamlar boshqa mamlakatlar aeroportlarida tungi tranzitlar va uzoq kutishlarsiz Yevropaga uchishni istaydi. Vena biz uchun Yevropaga darvoza va Yevropa standarti uchun sinovdir.”

Xo‘jayev Vena yo‘nalishi aviakompaniyaning bo‘lajak Yevropa tarmog‘i uchun asos bo‘lishini ham ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya tez orada Yevropadagi boshqa yo‘nalishlarni e’lon qilishi mumkin. Fly Khiva Airways 2024-yil dekabrdan beri faoliyat yuritadi, yo‘lovchi va yuk tashuvlarini Boeing samolyotlarida amalga oshiradi.

LIVEKunning xabarlari