Toshkent aholisi kuchli shamol va chang sabab zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikka chaqirildi

Toshkentda ob-havo yomonlashishi kutilayotgani munosabati bilan aholiga imkon qadar uyda qolish tavsiya etildi. Kuchli shamol va havodagi chang miqdori xavfsizlikka tahdid tug‘dirishi mumkinligi bildirildi.

Toshkentda kuchli shamol va changdan ogohlantirish
Matn

Toshkentda ob-havo sharoiti yomonlashishi haqida ogohlantirish berildi. Poytaxt aholisiga kuchli shamol daraxtlarning qulashi, inshootlarning shikastlanishi va havodagi chang miqdorining oshishiga olib kelishi mumkinligi sababli imkon qadar uyda qolish tavsiya etildi.

Fuqarolardan deraza va eshiklarni mahkam yopish, shamol uchirib ketishi mumkin bo‘lgan buyumlarni balkonlardan olib qo‘yish so‘raldi. Ko‘chada daraxtlar, elektr uzatish tarmoqlari, reklama bannerlari va qurilish maydonlaridan uzoq yurish kerakligi qayd etildi.

Haydovchilarga avtomobillarni daraxtlar tagida yoki xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan inshootlar yaqinida qoldirmaslik tavsiya qilindi. Havo kuchli changlangan paytda ko‘chaga chiqishga to‘g‘ri kelsa, himoya niqoblaridan foydalanish kerakligi bildirildi.

Favqulodda holat yuzaga kelganda yagona 112 raqamiga murojaat qilish lozim. O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, 27-noyabrga o‘tar kechasi va ertalab poytaxtda yomg‘ir kutilmoqda, kunduzi havo harorati 12–14 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Avvalroq Qozog‘iston sinoptiklari o‘tkazgan tahlil O‘zbekistondagi hamkasblarining Qozog‘iston hududidan Toshkentga chang ko‘chishi haqidagi fikrini tasdiqlamaganini ma’lum qilgan edi.

LIVEKunning xabarlari